Sport platformasi
Oltin Liga — oltinliga.uz
Payariq Oltin Ligasi — havaskorlar mini-futbol chempionati sayti: o‘yinlar taqvimi, natijalar, guruhlar jadvali, pley-off, to‘purarlar reytingi, mavsumlar arxivi va jamoa arizalari.
Java & Python Backend Developer
Bizneslar o‘sishi uchun
raqamli mahsulotlar yarataman.
Backend — mahsulotning ko‘rinmaydigan, lekin eng muhim qismi.
Salom! Men Elbek Abduraximov — Toshkentda ishlaydigan backend dasturchiman, Java (Spring Boot) va Python (FastAPI) da kod yozaman. Hozir Bojxona Servis’da Python va FastAPI yordamida O‘zbekiston chegara bojxona postlari uchun E-Navbat elektron navbat tizimini ishlab chiqyapman. Undan oldin Pharm Service jamoasida Spring Boot va PostgreSQL bilan ishlaganman.
Backendning butun jarayonida ishlayman: ma’lumotlar modeli, autentifikatsiya va xavfsizlik (JWT, Spring Security, RBAC), testlar (JUnit, Mockito, pytest) va Docker hamda GitLab CI orqali deploy. Toza, testlar bilan qoplangan va oson qo‘llab-quvvatlanadigan kod yozishga intilaman.
Ishlab turgan sayt, ishdagi tizim va GitHub’dagi ochiq kodli loyihalar — har biri real muammoga yechim.
Sport platformasi
Payariq Oltin Ligasi — havaskorlar mini-futbol chempionati sayti: o‘yinlar taqvimi, natijalar, guruhlar jadvali, pley-off, to‘purarlar reytingi, mavsumlar arxivi va jamoa arizalari.
Bojxona, ish loyihasi
O‘zbekiston chegara bojxona postlarida yuk mashinalari uchun elektron navbat tizimi. Terminalga kirish jarayoni, QR-kodli chipta, ANPR kameralar va shlagbaum boshqaruvi; 4 ta chegara postiga ulangan.
Fintex API
Foydalanuvchilar, hisob balanslari va moliyaviy tranzaksiyalarni boshqarish uchun xavfsiz REST API. Spring Security bilan JWT autentifikatsiya, Flyway migratsiyalari va Docker.
Full-stack ilova
Daromad va xarajatlarni kuzatadigan full-stack ilova: real vaqtdagi analitika paneli, kategoriyalar bo‘yicha tahlil, byudjet nazorati va Excel/PDF hisobotlar.
E-commerce
Mahsulotlar, buyurtmalar, ombor qoldiqlari va buyurtma holatlarini boshqaradigan backend. To‘liq validatsiya, Swagger hujjatlari va JUnit 5 / Mockito testlari.
Ma’lumotlar modelidan tortib xavfsizlik, testlar va deploygacha — backendning to‘liq hayotiy sikli.
Java (Spring Boot) yoki Python (FastAPI) asosida REST API va server qismi — ma’lumotlar modelidan deploygacha.
Swagger bilan hujjatlangan API; kamera, shlagbaum, printer kabi qurilmalar va tashqi xizmatlar bilan integratsiya.
PostgreSQL’da ma’lumotlar modelini loyihalash, JPA/Hibernate so‘rovlarini optimallashtirish va Flyway migratsiyalari.
Spring Security, JWT autentifikatsiya, rollar va ruxsatlar (RBAC), amallar jurnali.
Biznes mantiqni JUnit 5, Mockito va pytest testlari bilan qoplash; Postman orqali API tekshiruvi.
Ilovalarni Docker konteynerlariga joylash va GitLab CI orqali code review bilan yetkazib berish.
2026-yil oktabr — hozir
Bojxona Servis
Chegara bojxona postlari uchun E-Navbat elektron navbat tizimi (FastAPI, PostgreSQL, Tarantool, Vue 3). Terminalga kirish jarayonini to‘liq qurdim: kamera orqali aniqlash, pasport MRZ skanerlash, QR-kodli chipta va shlagbaum integratsiyasi. Hozir portal uchun RBAC ustida ishlayapman; yangi funksiyalarni pytest bilan qoplab, GitLab merge request va code review orqali chiqaraman.
2026-yil iyul — sentabr
Pharm Service
Spring Boot asosida backend funksiyalar va REST API endpointlari; Spring Data JPA va PostgreSQL bilan ma’lumotlar modeli va so‘rovlarni optimallashtirish; code review va Postman’da API testlari.
2026-yil yanvar — iyul
Aipply Academy
Word, Excel va PowerPoint bo‘yicha amaliy kurslar, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha treninglar, dars materiallari va talabalarga individual fikr-mulohaza.
2024 — 2025
PDP Academy
Java backend dasturlash bo‘yicha kasbiy kurs.
G‘oyangiz bormi yoki jamoangizga backend dasturchi kerakmi? Yozing — odatda 24 soat ichida javob beraman.